01Avtomatik qaytadi
Qaytarish bir marta, faqat bot balansiga, so'mda amalga oshiriladi va bot xabar yuboradi.
- Bekor qilingan buyurtma (Canceled) — to'liq summa.
- Qisman bajarilgan buyurtma (Partial) — bajarilmagan qism.
- Provayder buyurtmani qabul qilmasa — darhol, to'liq.
- P2P: NFT belgilangan muddatda yuborilmasa yoki admin nizoni xaridor foydasiga hal qilsa.
02Qaytarilmaydi
- Noto'g'ri havola, yopiq kanal/profil yoki o'chirilgan post sabab bajarilgan buyurtma.
- Bajarilgan xizmat natijasining keyinchalik kamayishi — refill kafolati bo'lmagan xizmatlarda.
- Bitta havolaga bir vaqtda berilgan bir xil buyurtmalar natijasi aralashib ketgan bo'lsa.
- Qoidabuzarlik sabab bloklangan hisob balansi.
Balansga to'langan pul naqd qilib qaytarilmaydi. Bank orqali to'lovni qaytarib olishga urinish (chargeback) — hisob abadiy yopiladi va qolgan balans musodara qilinadi.
03Texnik xatolik bo'lsa
Pul yechilib, buyurtma yaratilmagan bo'lsa yoki boshqa texnik xato bo'lsa — buyurtma raqami va skrinshot bilan @seenuzprobot ga yozing. So'rov 3–5 ish kunida ko'riladi. Provayder javob bermagan buyurtmalarda pul vaqtincha ushlab turiladi va tekshiruvdan keyin buyurtma tasdiqlanadi yoki pul qaytariladi.
Oxirgi yangilanish: 12.11.2026
Savollar va shikoyatlar: @seenuzprobot
Xizmatdan foydalanish — barcha hujjatlarga rozilik.