01Kalitlar
- API kalit — balansingizga to'liq kirish huquqi. Uni kodda ochiq qoldirmang, GitHub'ga yuklamang, hech kimga bermang.
- Kalit oshkor bo'lsa — darhol botda yangilang. Yangilanguncha qilingan buyurtmalar uchun javobgarlik sizda.
02So'rovlar
- Holatni har 1–5 daqiqada bir marta tekshirish yetarli; ko'p buyurtma uchun orders parametri bilan (100 tagacha) so'rang.
- Javob kelmasa, buyurtmani qayta yubormang — avval holatini tekshiring. Aks holda ikki marta bajarilishi va ikki marta to'lanishi mumkin.
- Haddan tashqari ko'p so'rov yuboruvchi kalit cheklanishi yoki o'chirilishi mumkin.
03Qayta sotish
Xizmatlarni o'z panelingiz yoki botingiz orqali qayta sotishingiz mumkin. Bunda o'z mijozlaringiz oldida to'liq siz javobgarsiz va ularning buyurtmalari ham ushbu qoidalarga bo'ysunadi.
Taqiqlangan kontentga API orqali kelgan buyurtma uchun ham kalit egasi javob beradi.
04O'zgarishlar
API'ga yangi maydonlar qo'shilishi mumkin — kodingiz noma'lum maydonlarni e'tiborsiz qoldirsin. Muhim o'zgarishlar oldindan e'lon qilinadi.
Oxirgi yangilanish: 12.11.2026
Savollar va shikoyatlar: @seenuzprobot
Xizmatdan foydalanish — barcha hujjatlarga rozilik.