01Escrow qanday ishlaydi
- Xaridor to'laydi — pul platformada ushlanadi, sotuvchiga darhol o'tmaydi.
- NFT: sotuvchi belgilangan muddatda yuboradi, xaridor «Oldim» bosgach pul sotuvchiga o'tadi. Muddatda yuborilmasa — pul xaridorga qaytadi.
- Akkaunt: tasdiqlangach kafolat davri boshlanadi; shu davrda muammo bo'lsa xaridor «Muammo bor» bosadi va pul sotuvchiga o'tmaydi.
- Platforma komissiyasi sotuvchi oladigan summadan ushlanadi.
02Xaridor uchun
- Akkauntni olgach parol, pochta va telefon raqamini darhol o'zgartiring.
- Asossiz shikoyat yoki akkauntni olib bo'lib «olmadim» deyish — xaridor hisobining bloklanishiga olib keladi.
- O'yin qoidalari akkaunt almashinuvini taqiqlashi mumkin — keyinchalik bloklanish xavfi xaridor zimmasida.
03Sotuvchi uchun
- Faqat o'zingizga tegishli NFT va akkauntni soting; ma'lumotlar to'g'ri va to'liq bo'lsin.
- Bir NFT'ni bir vaqtda boshqa joyda sotish taqiqlanadi.
Sotilgan akkauntni qaytarib olish (pochta yoki telefon orqali tiklash) — firibgarlik. Sotuvchi abadiy bloklanadi, xaridorga pul qaytariladi, sotuvchi ma'lumotlari vakolatli organlarga berilishi mumkin.
04Nizolar
Ikkala tomon ham bot orqali dalil yuboradi (skrinshot, video, yozishma). Admin barcha dalillarni ko'rib qaror qiladi; qaror yakuniy. Akkaunt ma'lumotlari ko'rsatilgan vaqt va IP manzil dalil sifatida saqlanadi.
Oxirgi yangilanish: 12.11.2026
Savollar va shikoyatlar: @seenuzprobot
Xizmatdan foydalanish — barcha hujjatlarga rozilik.