Qizil chiziqlar
Quyidagilardan birini buzish — ogohlantirishsiz abadiy blok, balansni musodara qilish va kerak bo'lsa ma'lumotlarni vakolatli organlarga topshirish. Uzr, tushuntirish va «bilmagandim» qabul qilinmaydi.
- Bolalarga oid har qanday jinoiy kontentHisob shu zahoti abadiy yopiladi, balans musodara qilinadi, barcha ma'lumotlar huquqni muhofaza qiluvchi organlarga topshiriladi.
- Terrorizm, ekstremizm, zo'ravonlikka chaqiriqAbadiy blok va ma'lumotlarni vakolatli organlarga topshirish. Hech qanday ogohlantirishsiz.
- Firibgarlik va o'g'irlangan to'lov vositalariBirovning kartasi yoki hisobidan to'lov, to'lovni bank orqali qaytarib olishga urinish (chargeback) — balans musodara, hisob abadiy yopiladi, zarar undiriladi.
- Tizimdagi xatodan foyda olishXato tufayli tushgan har bir so'm qaytarib olinadi. Xatoni bilib turib takroran ishlatish — o'g'irlik sifatida qaraladi va hisob yopiladi. Xatoni topsangiz, darhol @seenuzprobot orqali xabar bering.
- Narkotik, qurol, odam savdosi, pornografiyaBunday kanal, sahifa yoki postga xizmat ko'rsatilmaydi. Buyurtma pulsiz bekor qilinadi, hisob bloklanadi.
01Taqiqlangan kontentni targ'ib qilish
- Pornografiya va erotik kontent
- Terrorizm, ekstremizm, zo'ravonlik va qotillikni targ'ib qilish
- Diniy, milliy va irqiy adovatni qo'zg'atish
- Narkotik va psixotrop moddalar, qurol-yarog' savdosi
- Moliyaviy piramidalar, firibgarlik sxemalari, noqonuniy qimor
- O'g'irlangan ma'lumotlar, boshqalarning shaxsiy ma'lumotlarini tarqatish
Bunday kontentga buyurtma bekor qilinadi, pul qaytarilmaydi, hisob abadiy yopiladi. Kanal yoki sahifa ma'lumotlari, Telegram ID, telefon raqami va IP manzil vakolatli organlarga topshiriladi.
02Platformaga qarshi harakatlar
- Tizimni buzish, zaiflik qidirish, avtomatlashtirilgan hujum yoki API'ga haddan tashqari ko'p so'rov yuborish.
- Xato yoki zaiflikdan foyda olish (masalan, pulni ikki marta qaytarib olish).
- Birovning kartasi, hisobi yoki API kalitidan foydalanish.
- Adminlar yoki platforma nomidan soxta xabar, kanal yoki bot ochish.
- P2P'da aldash: o'zingizga tegishli bo'lmagan akkauntni sotish, sotilgan akkauntni qaytarib olish, soxta dalil.
Platformaga yetkazilgan har qanday zarar to'liq undiriladi. Balans musodara qilinadi va qonuniy choralar ko'riladi.
03Biz nima qilamiz
- Ogohlantirishsiz bloklaymiz va tekshiramiz.
- Faoliyat tarixi, yozishmalar va to'lovlar dalil sifatida saqlanadi.
- Qonun talab qilganda — ma'lumotlarni vakolatli organlarga topshiramiz.
Oxirgi yangilanish: 12.11.2026
Savollar va shikoyatlar: @seenuzprobot
Xizmatdan foydalanish — barcha hujjatlarga rozilik.